Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

 

22-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosining 7-qavatida, shuningdek, ZOOM onlayn platformasi orqali Ibrohimova Iroda Bobir qizining dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur muhokama 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishiga bag‘ishlandi.

 

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Muhokama davomida ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Ishtirokchilar dissertatsiya ishini har tomonlama muhokama qilib, unga ijobiy baho berdilar va keyingi bosqichga tavsiya etdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube