Dissertatsiya ishi ilmiy seminarda muhokama qilindi
13-mart O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Mirsagatova Dilorom Ubaydullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminlarning chog‘ishtirma aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ilmiy seminarda tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya mazmuni bo‘yicha savollar berilib, muallif tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Seminar yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli xulosalar berildi.