Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

6-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy muhokama offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

 

 

Muhokamada Shermatov Eldorjon Yovmiddinovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Jurnalist talabalarga xorijiy tilni o‘qitishning metodik ta’minoti bo‘yicha elektron platforma yaratish tamoyillari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.

Ilmiy muhokama davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati hamda ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishini belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli xulosalar qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube