DOTSENTI “AYTMATOV ÖQIŞLARI – 2026” XALQARO FORUMIDA IŞTIROK ETDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Möminova Oydin Qurbonovna 2026-yil 24–25-noyabr kunlari Bişkek şahridagi Rossiya-Qirğiz slavyan universitetida Moskva lingvistika universiteti tomonidan taşkil etilgan “Aytmatov öqişlari – 2026” xalqaro ilmiy-amaliy forumida maʼruza bilan iştirok etdi.
Mazkur forum Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vazirligi kömagida “MDH mamlakatlari madaniy makonida va jahon badiiy madaniyatida Çingiz Aytmatov ijodiga fanlararo ilmiy-taʼlimiy yondaşuvlar tizimini işlab çiqiş” loyihasi doirasida taşkil etildi.
Forumda yetakçi adabiyotşunoslar, tilşunoslar, madaniyatşunoslar va yoş tadqiqotçilar iştirokida yalpi majlislar, şöba yiğilişlari hamda ilmiy munozaralar taşkil etildi. Unda Çingiz Aytmatov ijodini örganişning zamonaviy ilmiy yondaşuvlari, şuningdek, MDH mamlakatlari örtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
2026-11-28 03-50