SIAN XALQARO TADQIQOTLAR UNIVERSITETIDA ÖZBEK MILLIY TAOMLARI HAQIDA MAŞĞULOT ÖTKAZILDI
25-noyabr kuni Sian xalqaro tadqiqotlar universiteti Rus tili institutida “Özbek tilini örganamiz” tögaragining “Özbek milliy taomlari: til, taʼm va anʼana” mavzusidagi maşğuloti bölib ötdi. Tadbir pedagogika fanlari doktori, professor Yuldaşeva Şahlo Şukurlaevna rahbarligida taşkil etildi. Unda özbek tili yönalişi talabalari, özbekistonlik talabalar va mehmonlar iştirok etdi.
Maşğulotning asosiy ğoyasi milliy taomlar orqali xalqning tarixi, madaniyati, qadriyatlari, mehmondöstligi va tilini namoyon etişdan iborat böldi. Tadbir “Bir dasturxon atrofida — bir dunyo döstlik!” şiori ostida ötdi. Uni ikki nafar boşlovçi — özbekistonlik talaba Erkaboy va xitoylik, özbek tili yönalişida tahsil olayotgan Malika olib bordi.
Maşğulotning eng qiziqarli qismlaridan biri interfaol öyinlar böldi. “Rasmni top va taʼrifla” öyinida guruhlar özbek taomlarining masalliqlarini nomlaş bilan birga, ularning taʼmi, şakli va xususiyatlarini sifat sözlari yordamida ifodaladi. “Töğri ketma-ketlikni toping” öyinida esa talabalar palov tayyorlaş jarayonining har bir bosqiçini feʼllar yordamida izohlab, umumiy retseptni töliq bayon qildilar.
Viktorina bosqiçida jamoalar 30 soniya içida özbek milliy taomlarining nomlarini aytiş böyiça bellaşdi. Jami olti xil taom yuzasidan ularning tayyorlaniş usuli va masalliqlariga oid savollarga javob berildi. Uşbu öyinlar talabalarning söz boyligini oşiriş bilan birga, tez fikrlaş va jamoada işlaş könikmalarini ham rivojlantirdi.
Maşğulotning hayajonli va zavq-şavqqa boy qismi dasturxonga tortilgan palovni birgalikda tatib köriş lahzalari böldi.
Tadbirning yana bir muhim qismi “Madaniyatlar muloqoti” bosqiçi böldi. Unda özbekistonlik va xitoylik talabalar ikki xalq oşxonasidagi öxşaşliklar, guruçdan tayyorlanadigan milliy taomlar hamda mehmon kutiş odatlari haqida suhbatlaşdilar. Iştirokçilar öz taassurotlarini özbek tilida qisqa jumlalar bilan ifodaladilar: “Juda mazali!”, “Menga palov yoqdi”, “Bu taom juda mazali ekan”, “Rahmat, juda xursand böldim!”
Tadbir yakunida talabalar “Yaşasin döstlik!” degan jumlani birgalikda takrorlab, esdalik uçun suratga tuşdilar.
2026-11-28 03-57