Fakultet dekani 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi
Bugun, 10-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida "Payshanba — yoshlar kuni" doirasida 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda fakultet dekani Ilhom Xaydarov hamda dekan o‘rinbosarlari so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Muloqot davomida:
•Universitetning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me’yorlari;
•O‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda kredit-modul tizimi tartib-taomillari;
•Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ilmiy to‘garaklardagi faolligi masalalari tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga fakultet rahbariyatidan batafsil javob oldilar.
2026-09-11 11-44