Fakultetlar kesimida o‘quv yiliga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi

Fakultetlar kesimida o‘quv yiliga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi

4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ayrim fakultetlarda 2026–2027-o‘quv yilini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 



Yig‘ilishlarda yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarini tartibli tashkil etish, ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida olib borish, talabalar bilan ishlashni yanada kuchaytirish hamda fakultetlar faoliyatida muhim yo‘nalishlarni belgilab olish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, 2-, 3- va 4-kurs talabalarini o‘quv jarayoniga samarali jalb etish, mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi, davomatni nazorat qilish, ichki tartib-qoidalarga rioya etish hamda ta’lim sifatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

 



Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida har bir fakultetning faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi va ularning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube