FAN OLIMPIADASI TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2026-yil 16-sentabrdagi 303/11-08-son buyrug‘i asosida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining iqtidorli yoshlari o‘rtasida fan olimpiadasi tashkil etildi.
Olimpiada soha rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyatiga bag‘ishlanib, yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning ijodiy hamda intellektual qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Tanlov adolat, xolislik va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazildi.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — kelajak taraqqiyotiga qo‘yilgan muhim qadam!
2026-09-18 12-53