6–7 dekabr kunlari Fransiyaning qadimiy shaharlaridan biri — Turda Festival des Langues xalqaro tillar festivali bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 80 dan ortiq til va madaniyat vakillarini birlashtirgan ushbu nufuzli festival doirasida til darslari, milliy qo‘shiq va raqslar, an’anaviy taomlar namoyishi hamda madaniy ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistonning ko‘rgazmasi ham keng jamoatchilikka taqdim qilindi. Xorijliklar uchun o‘zbek tili saboqlari, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi, o‘zbek tili tarixi va o‘zbek klassik adabiyoti bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi. Festival tashkilotchisi — Linguafest’37 xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Stavros Hadjiyianni ishtirok etgan o‘zbekistonlik professorlarni maxsus sertifikat bilan taqdirladi.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekistondan borgan mutaxassislar qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili, universitet professori Madjidova Ra’no Urishevna ham faol ishtirok etdi.

Shuningdek, 6–7 dekabr kunlari o‘tkazilgan mazkur festival doirasidagi O‘zbekiston ko‘rgazmasi xalqaro assotsiatsiya a’zosi Mishel Buassone hamda O‘zbekiston–Fransiya do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil qilindi. Mashhur adib Onore de Balzak tavallud topgan va ijod qilgan bu tarixiy maskanda o‘tkazilayotgan festival turli madaniyatlar o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube