O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev, universitet xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Sharq filologiyasi fakulteti tyutori M. Ramazonova hamkorligida ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi
Navbatdagi tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlarning tozaligi, sanitariya holati, isitish tizimlari, xususan, is gazidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalarida beparvolikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, shukronalik hissini shakllantirish, stressni boshqarish hamda muloqot madaniyatiga oid amaliy tavsiyalar berildi.
Tashrif yakunida talabalar yashash joylarida sanitariya talablariga qat’iy amal qilish va texnika xavfsizligini ta’minlash nafaqat sog‘liqni asrash, balki ta’lim jarayonidagi barqarorlik va mas’uliyatni kuchaytirishda muhim omil ekani alohida qayd etildi.