Ijro intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qishda ishtirok etildi
5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan navbatdagi iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni — “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyatini tushuntirish va uni samarali ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Mazkur o‘quv-amaliy seminar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shahrux Daliev boshchiligida o‘tkazilib, unda oflayn va onlayn formatlarda keng qamrovli ishtirok ta’minlandi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ham tadbirda onlayn tarzda faol ishtirok etdi.
Tadbirda quyidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi:
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markaziy apparati rahbar va barcha xodimlari;
- Innovatsion rivojlanish agentligi — agentlikning barcha xodimlari;
- Bilim va malakalarni baholash agentligi — barcha xodimlar;
- Oliy attestatsiya komissiyasi — barcha xodimlar;
- Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi — ofis rahbari va barcha xodimlar;
-Vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar — rahbarlar va barcha xodimlar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari;
- Respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat va xorijiy) xodimlari.
Ushbu tashkilotlar vakillari tadbirda onlayn va oflayn tarzda faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida quyidagi mavzular yuzasidan taqdimotlar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi:
-PF-117-sonli Farmonning asosiy jihatlari va ijro mexanizmlari;
- 2025-yilning I-yarim yilligida yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar hamda II-yarim yillikka doir takliflar;
-Rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishda yangilangan texnik talablar;
-Ijro.gov.uz yagona elektron tizimidagi yangi funksiyalar va qo‘shimcha imkoniyatlar.
Tadbir yakunida ochiq munozaralar, savol-javoblar tashkil etildi.