Ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligi
2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva, Ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash bo‘limi mutaxassisi D.A. Matyakubova, universitet profilaktika inspektori, militsiya mayori S. Sherboev hamda tyutorlar Sh. Xo‘janiyozova va M. Allamovalar hamkorligida psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 1-, 2- va 3-bosqich talaba-yoshlari faol ishtirok etdi. Unda talabalarning darsdan tashqari vaqtdagi odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, kiyinish madaniyati, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga amal qilish hamda salbiy holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida talabalarda shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni yanada mustahkamlash, universitet sha’nini asrash va munosib talaba obrazini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.