Ilmiy-seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 8-yanvar kuni O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetida Yuldasheva Shahlo Shukraliyevna tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi ilmiy-seminar tashkil etildi.

Seminar mavzusi:
“Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy nashrlarda maqola chop etish bo‘yicha nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish”

Seminar davomida quyidagi masalalar atroflicha yoritildi:

— Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarining talablari hamda reyting tizimi;
— xalqaro ilmiy jurnallar uchun maqola tayyorlashning tarkibiy va uslubiy jihatlari;
— nashr jarayonida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari;
— xalqaro ilmiy nashrlarda maqola chop etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.

Seminar ishtirokchilarga ilmiy faoliyatini xalqaro miqyosda rivojlantirish borasida muhim bilim va tajribalar berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube