Ingliz tili 3-fakulteti hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ingliz tili 3-fakulteti hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida 2025–2026 o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya. Yusupov, xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.A. Nasirov hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov ishtirok etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda fakultet dekani va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ul xodimlar qatnashdi.

Hisobot yig‘ilishida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi:

  • O‘quv va o‘quv-uslubiy sohadagi natijalar;
  • Ilmiy tadqiqotlar va nashrlar samaradorligi;
  • Xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalar va almashinuv dasturlari;
  • Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘tkazilgan tadbirlar hamda yoshlar bilan ishlash samarasi;
  • 2025–2026 o‘quv yili yakunidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
  • 2026–2027 o‘quv yilida universitet va fakultet rivoji uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar.

Yig‘ilish davomida prorektorlar tomonidan professor-o‘qituvchilar faoliyatiga doir taklif va mulohazalar bildirildi. Fakultet jamoasi tomonidan esa yangi o‘quv yilida samaradorlikni oshirish, xalqaro faoliyatni kengaytirish hamda ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishga doir aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube