Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Jahon adabiyoti kafedrasi tomonidan “Jahon adabiyoti va filologik komparativistika” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur anjumanni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish soʻzi bilan ochib berib, bugungi kunda jahon adabiyoti va qiyosiy filologiya yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilmiy tajriba almashinuvining dolzarbligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida Abduraxim Nasirov, Otabek Yusupov, Nazira Salomova, David Damrosch, Irma Ratiani, Kemal Yavuz Ataman, Galin Tixanov hamda Jereon Gerrits tomonidan samimiy tabrik soʻzlari bildirildi hamda xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar taqdim etildi.

Shuningdek, Baktigul Ismailova, Aleks Kormanski, Gulnoz Xalliyeva, Galiba Gadjiyeva, Guseyn Tikayev, Jasur Ziyomixammedov, Uzoq Joʻraqulov, Feruza Sapayeva, Xayrulla Hamidov, Dilshod Nasriddinov, Ulugʻbek Koʻchimov hamda Munira Umarqulova oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etib, jahon adabiyoti, komparativistika va zamonaviy filologiyaning dolzarb masalalari yuzasidan muhim ilmiy qarashlarni ilgari surdilar.
Anjuman davomida ilmiy muloqot, tajriba almashinuvi hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilm-fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda filologiya sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
