2023-yilning 31-oktabrida Shahid Hamal Xizr universitetining rektori doktor, professor Umar Farhotiy Tillar va adabiyot fakultetining arab kafedrasining oʻzbekistonlik talabalar delegatsiyasi bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv davra suhbati tarzida tashkil etildi. 

Talabalarning oʻqish va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsad tashkil etilgan ushbu uchrashuvda universitet ijtimoiy-tashkiliy ishlar boʻyicha mudiri Jamol Quraysha hamda universitetning xalqaro aloqalar va hamkorlik boʻyicha prorektori hamda fakultet dekani professor Dalal Vashan xonim, oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosar doktor Nosir Dahdaha, boʻlim boshligʻi doktor Abdulaziz Misbahiy, ilmiy tadqiqot hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor doktor As-Siddiq Maʼush va doktor Bin Umar Abdurrahmon, ingliz va fransuz tillari boʻyicha ikki boʻlim boshliqlari — fakultetning bosh kotibi doktor Xolayif Abdulmalik ishtirok etdi. 

Universitet rektori soʻzga chiqib, oʻzbekistonlik oʻn bitta talaba hamda masʼul xodim Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi oʻqituvchisi Aygul Umarova bilan uchrashayotganlaridan nihoyatda xursand ekanini bildirdi. 

Shu bilan birga universitetning xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Al-Habib arab tilini arab boʻlmagan talabalarga oʻrgatish loyihasi rivojlantirish, Al-Vadiy universitetini milliy reytingini koʻtarish, hamda Italiya, Ispaniya talabalari Al-Vadiy universitetida arab tilini oʻrganish istaklari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. 

Shuningdek, fakultetning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari doktor Nosir Dahdaha ikkinchi til sifatida arab tilini oʻrganish oʻzbek talabalari uchun katta ahamiyatga ega ekanini, talabalar arab tilini oʻrganishdan mamnun ekanliklarini hamda bu ularga koʻtarinki ruh baxishida etayotganini taʼkidladi. Shuningdek, oʻqish, fonetika, grammatika, balogʻat ilmi, arab adabiyoti, ogʻzaki nutq, xattotlik, aruz, Qurʼon va hadis ilmlarini oʻrgatish texnologiylari haqida soʻzladi. 

Uchrashuv soʻngida universitet rektori Oʻzbekiston talabalariga Jazoirning madaniyati hamda Jazoir xalqi haqida koʻproq maʼlumot olishlari uchun keng koʻlamli koʻngilochar sayohatlar tashkil qilishini maʼlum qildi.

2023-11-01 09-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi