Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy salohiyati oshib borayotgan, oʻz mutaxassisligi boʻyicha yangilik yaratib — dissertatsiya yoqlab, PhD ilmiy darajasiga sohib boʻlayotgan olimlar soni oshib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 17-noyabr sanasida universitetimiz huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 raqamli ilmiy kengashining ilmiy seminari boʻlib oʻtdi.
Ushbu yigʻilishda Xazratova Zuxra Mamaraimovnaning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan «Bo‘lajak jurnalistlarga ommaviy axborot vositalari terminlarini o‘qitishda leksik kompetensiyani shakllantirish (ingliz tili misolida)» mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya koʻrib chiqildi.