Kafedra majlisida doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

5-may kuni kengaytirilgan kafedra majlisida filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish an’anaviy (offline) hamda ZOOM platformasi orqali onlayn formatda tashkil etildi.

Yig‘ilishda Tursunov Mirzo Mahmudovichning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan
“Mediadiskursda “Sharq va G‘arb” obrazi reprezentatsiyasining sotsiolingvistik shartlanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, rasmiy taqrizchilar tomonidan berilgan xulosalar va tavsiyalar asosida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli fikrlar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uni keyingi bosqichlarga tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube