Kengash yig‘ilishining ikkinchi qismida ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilar tantanali tarzda taqdirlandi

8-may kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 9-son yig‘ilishining ikkinchi qismida universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lidagi yutuqlari e’tirof etildi.

Tadbir davomida quyidagi ustozlar ilmiy darajaga ega bo‘lganliklari bilan tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari – zamonaviy noutbuklar topshirildi:

Tuxtaeva Nilufar Achilovna – Ingliz tili I-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlar №1” kafedrasi o‘qituvchisi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini qo‘lga kiritgan.

Hammam Ali Hashem Esma’el – Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD diplomini olgan.

Alimardonova Malika Botir qizi – Ingliz tili I-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, quyidagi pedagoglar ilmiy unvon olganliklari bilan tabriklandi:

Juraeva Nilufardalibayevna – Tarjimonlik fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, professor v.b., PROFESSOR ilmiy unvoni diplomini oldi.

Osipova Agata Viktorovna – Rus filologiyasi fakulteti “Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti v.b., DOTSENT ilmiy unvoni diplomini qo‘lga kiritdi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik, ta’lim va ilmiy sohadagi yutuqlariga munosib hissa qo‘shgan bir qator professor-o‘qituvchilarga hamkor tashkilotlar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Bakiyeva Gulandom Xisamovna – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti “Lotin tili va tibbiy terminologiya asoslari” fanini rivojlantirish, ijobiy imijini shakllantirish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun ushbu institutning “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.

Ahmad al-Zubaidi – O‘zDJTU professor-o‘qituvchisi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi, Abul Qosim Sadulloh Jazoir 2-universiteti hamda Elshahid Hamma Laxdar nomidagi El-Oued universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich – filologiya fanlari doktori, “Rus tili va o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti tomonidan O‘zDJTU va Qozog‘iston Milliy universiteti o‘rtasidagi samarali hamkorlikka qo‘shgan hissasi, filologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi faoliyati uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube