Talabalar orasida milliylikni targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti va universitet yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan bugun 28-oktabr kuni “Milliy qadriyatlar kuni” festivali oʻtkazildi.
Festival doirasida “Milliy liboslar”, “Milliy Sport”, “Milliy raqs”, “Milliy qoʻshiq”, “Milliy taom” tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir avvalida universitet rektori Ilhomjon Toʻxtasinov talabalarni milliy qadriyatlarni hurmat qilish, milliy oʻzligimizni saqlashga intilishga chorladi. Bugungi kunda mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni saqlash maqsadida amalga oshirilayotgan bir qator islohotlarni taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng, “Milliy taom” tadbiri doirasida boʻlib oʻtayotgan osh pishirish jarayonlari bilan tanishib chiqildi
Talabalar tomonida milliy anʼanalarimizni aks ettirgan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Sahna koʻrinishlari, kurash musobaqalari tashkil etildi.
Talabalar tomonidan pishirilgan oshlar hakamlar hayʼati tomonidan haqqoniy tarzda baholandi.
Tadbir yakunida “Milliy taom” musobaqasi doirasida “Xorijiy til va adabiyoti” 3-ingliz fakulteti 3- oʻrin, Ingliz filologiyasi fakulteti 2-oʻrin, Sharq filologiyasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.