“Muvaffaqiyat sari yo‘l” nomli ma’rifiy uchrashuv
23-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-ingliz fakultetida talaba-qizlar uchun muhim va mazmunli tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Alimardonova hamda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professori, t.f.d. D. Babajanova hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori F. Muxitdinova o‘zining mazmunli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlarga kasbiy rivojlanish, yuridik sohada erishilgan yutuqlar hamda kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularga kuchli motivatsiya bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi hamda ularni yuksak maqsadlar sari ruhlantiradi.