O‘zDJTUda Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ixtisoslik kengashlari raislari va kotiblari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, universitetda olib borilayotgan doktorantlar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning dissertatsion tadqiqotlari mavzulari, shuningdek professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan monografiyalarni nashrga tavsiya etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ixtisosliklar bo‘yicha 12 ta dissertatsiya va 7 ta monografiyani nashrga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi. Muhokamalar jarayonida dissertatsiya mavzularining ilmiy dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube