NAVRO‘Z SAYLI oldidan qizg‘in tayyorgarlik! 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “NAVRO‘Z SAYLI” bayram tadbiri arafasida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Hudud bayramona ruhda bezatilib, sahna jihozlari o‘rnatilmoqda, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar va badiiy chiqishlar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Talabalar va tashkilotchilar tomonidan bayram dasturini yuqori saviyada o‘tkazish uchun har bir jihatga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi, milliy an’analarimizni tarannum etuvchi chiqishlar hamda ko‘tarinki kayfiyat barcha mehmonlarga unutilmas taassurotlar bag‘ishlash arafasida.

Bayramni birgalikda kutib olaylik — Navro‘z nafasi allaqachon sezilmoqda!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube