Bugun 26-oktyabr sanasida OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti, Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Axmedova Anorxon Nasivali qizi “Nomdor stipendiyalar va maqola yozish tartibi” mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.
Unda fakultetlar Ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovinlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, Tarjimonlik fakulteti talabalari hamda OʻzDJTU ning boshqa fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.
Seminar offline va online (Zoom platformasi orqali) olib borildi. Seminarda Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev, Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi mudiri Muxtorjon Baxtiyarov hamda fakultet ilmiy va innovatsiyalar ishlari boʻyicha dekan muovini Madina Musabekovalar soʻzga chiqdi. Uchrashuv davomida “Prezident”, “Rektor stipendiyasi”, “Ijodkor talaba”, “Tarjimon talaba stipendiyasi”, “13-stipendiya” hamda nomdor stipendiyalar “Navoiy”, “Islom Karimov”, “Aleksandr Faynberg” stipendiyalari xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, maqola va tezisning farqi, maqola yozish tartibi, IMRAD talabi asosida maqola yozish va ularni nashr ettirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.