Ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan bugun universitetning barcha talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari olib borildi

Mazkur jarayonda fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan talabalarning issiqlik ta’minotidan to‘g‘ri va oqilona foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya etishi holati nazoratdan o‘tkazildi.

 

 

Shuningdek, o‘rganish ishlarida Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ham ishtirok etib, favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Bundan tashqari, talabalarning turar joy ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, umumiy madaniyat va mas’uliyat masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube