Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar va tadbir ishtirokchilari Angren fakultetining o‘quv binolari bilan yaqindan tanishdilar
Tashrif davomida zamonaviy auditoriyalar, sport zallari hamda talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mehmonlar talabalar turar joyiga ham tashrif buyurib, yotoqxonalarda yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun tashkil etilgan yashash va dam olish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Tashrif yakunida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, mehmonlar hamda universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda fakultet hududida daraxt ekish marosimida ishtirok etdi. Mazkur tashabbus yangi fakultet faoliyatining boshlanishini ramziy tarzda ifodalab, hududni yanada obodonlashtirish va yashil muhitni kengaytirishga qaratildi.
