O‘quvchilar uchun “Heroes and Villains” mavzusida ingliz tili mashg‘uloti o‘tkazildi

19-noyabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasining 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova kafedra professor-o‘qituvchisi S. Mannonova mas’ulligida Uchtepa tumanidagi 283-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdilar.

 

 

Mashg‘ulot “Heroes and Villains” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda o‘quvchilar ingliz tilidagi turli qahramonlar va yovuz obrazlar, ularning xarakterlari, motivatsiyalari va ular o‘rtasidagi farqlar haqida erkin fikr bildirdilar.

Dars jarayonida:
 • tinglab tushunish,
 • obrazlarni taqqoslab tahlil qilish,
 • yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtirish,
 • voqealarning rivojini kreativ tarzda izohlash

kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar qahramonlar va yovuz obrazlar ishtirokidagi qisqa voqealar asosida xarakterlarning asosiy xususiyatlarini aniqlash, mavzu bo‘yicha o‘rgangan yangi iboralarni qo‘llash hamda mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube