O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2-son yig‘ilishi davomida bir qator taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-sentabrdagi buyrug‘iga asosan, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

 

Shuningdek, universitetga milliy va jahon adiblarining sara asarlarini tuhfa etib, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lidagi faoliyati uchun “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori Xushnudjon Mahmudov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodira Egamberdiyevaning 60 yoshga to‘lgani munosabati bilan universitet jamoasi tomonidan samimiy tabriklar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube