Joriy yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarni yangi boshlanayotgan o‘quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorlash, ularning shaxslararo munosabatlarda o‘z-o‘zini anglashini, ya’ni “Men” konsepsiyasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalarga shaxs psixologiyasi, o‘z-o‘zini baholash, emotsional holatni boshqarish hamda ijtimoiy muhitda samarali muloqot olib borish bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va salomatlikni asrashning psixologik omillari haqida ham atroflicha tushunchalar berildi.
Uchrashuv talabalarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, stress holatlarining oldini olish hamda o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.