25-mart kuni QS World University Rankings by Subject 2026 natijalari e’lon qilindi va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ushbu reytingda “Linguistics” yo‘nalishi bo‘yicha 201-o‘rinni, Modern Languages yo‘nalishi bo‘yicha esa 301-o‘rinni egalladi.
Bugun, 25-mart kuni maxsus sertifikatlar O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovga topshirildi.
Rektor bu natijalar universitet jamoasining ilmiy izlanishlari va xalqaro hamkorlikdagi faol sa’y-harakatlari samarasi ekanini ta’kidladi hamda bu muvaffaqiyatning kelajakda yanada yuqori marralarga yetaklovchi boshlanish ekanini belgiladi.