16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligida mas’ullar bilan birgalikda Uchtepa tumani, G‘uzar MFY, Lutfiy ko‘chasi G-9A manzilida joylashgan 1- va 2-sonli talabalar turar joylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Ko‘rik davomida talabalar turar joylarining qozonxonalari, ularning gaz va dizel yoqilg‘isi (solyarka) bilan ta’minlanishi, shuningdek, qo‘shimcha generatorlarning ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullar tomonidan isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, sovuq mavsumda talabalar uchun qulay sharoit yaratish, energiya tejamkor uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Rektor kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidlab, har bir obyektning xavfsizlik va texnik talablarga to‘liq mos bo‘lishini nazoratga olishni topshirdi.