O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tarjimonlik fakultetining faxriy ustozining holidan xabar oldi
2025-yil 9-may kuni – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov uzoq yillar davomida universitetda fidokorona xizmat qilgan, Tarjimonlik fakultetining faxriy o‘qituvchisi, 86 yoshli Alimova Dilorom Alievnaning holidan xabar oldi.
Tashrif chog‘ida rektor Ilxomjon Tuxtasinovga Tarjimonlik fakulteti dekani hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abdullayev Suyun Artikovich hamrohlik qildi.
Yarim asrdan ortiq umrini tarjimon kadrlar tayyorlashga bag‘ishlagan ustoz bilan iliq va samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Faxriy ustozning universitet rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi yuksak e’tirof etilib, chuqur hurmat va minnatdorlik izhor qilindi.
Tashrif davomida Dilorom Alievnaning salomatligi, turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishildi, universitet jamoasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Faxriy ustoz ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, o‘z hayot yo‘li va ilmiy-pedagogik faoliyatidan esdaliklar bilan o‘rtoqlashdi.