Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori prof. I. Tuxtasinov Ispaniya Qirolligida xizmat sarfida boʻlib turibdi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori prof. I. Tuxtasinov Ispaniya Qirolligida xizmat safarida boʻlib turibdi. Safardan maqsad — Ispan tili boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorligini yanada kengaytirish, jumladan professor — oʻqituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishdan iborat.

2023-yil 21-noyabr kuni Madrid shahridagi Taʼlimni internasionalizatsiya qilish boʻyicha Ispaniya tashkiloti (SEPIE), Madriddagi Complutence va Avtonom universitetlari rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. 23-24-noyabr kunlari esa Cadiz universitetida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha universiteti rahbariyati bilan muloqot olib boriladi hamda “Ispan-Oʻzbek markazi”ni ochish ishlari tashkil etiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube