Hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori prof. I. Tuxtasinov Ispaniya Qirolligida xizmat safarida boʻlib turibdi. Safardan maqsad — Ispan tili boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorligini yanada kengaytirish, jumladan professor — oʻqituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishdan iborat.
2023-yil 21-noyabr kuni Madrid shahridagi Taʼlimni internasionalizatsiya qilish boʻyicha Ispaniya tashkiloti (SEPIE), Madriddagi Complutence va Avtonom universitetlari rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. 23-24-noyabr kunlari esa Cadiz universitetida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha universiteti rahbariyati bilan muloqot olib boriladi hamda “Ispan-Oʻzbek markazi”ni ochish ishlari tashkil etiladi.