O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori yangi barpo etilayotgan talabalar turar joyidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet hududida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida rektor qurilish jarayonining borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilishning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi yuzasidan mas’ullar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tingladi. Shuningdek, binoning zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lishi, talabalarning yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratiladigan shart-sharoitlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Rektor qurilish ishlarining sifati, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
2026-07-14 01-29