O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori yangi talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdi

7-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet mas’ul xodimlari hamrohligida Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi (TTJ) qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

 

 

Tashrif davomida rektor mas’ullardan qurilish jarayoni, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda texnik va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar.

Zamonaviy talablarga mos ravishda qurilayotgan ushbu TTJ ob’ekti bo‘lajak talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida loyihalashtirilgan. Qurilish jarayonida muhandislik kommunikatsiyalari, ichki infratuzilma, energiya samaradorligi, yong‘inga qarshi tizimlar va xavfsizlik choralari kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ilxomjon Tuxtasinov quruvchilar bilan muloqotda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar — xona sig‘imi, yotoqxona va o‘quv xonalari, dam olish hududlari, sanitar-gigiyena talablari haqida savollar berib, muhim tavsiyalarini berdi.

 

 

Tashrif yakunida Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifatda yakunlash yuzasidan topshiriqlar berdi. U yangi TTJ talabalarning nafaqat yashashi, balki to‘laqonli ta’lim olishi, dam olishi va ijodiy rivojlanishi uchun muhim maskan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube