Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quv yurti o‘qituvchilar jamoasi bilan ota-onalarning muntazam aloqa qilib turishi talabalarning dars va mashg‘ulotlarga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shu jumladan, kecha, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev 1-bosqich fakultet talabalarining ota-onalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot majlisini oʻtkazdi.
Majlisda dekan muovinlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.


 Kun tartibida, talabalarning ota-onalari bilan yaqindan tanishish, ularning muammo, talab-takliflarini oʻrganish, qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berish masalalari koʻrildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube