O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi asosida universitetning 33 yillik yubileyi munosabati bilan “Ittifoq kubogi-2025” do’stlik musobaqasi o’tkazildi.
Musobaqa avvalida universitet rektori I.M.Tuxtasinov so’zga chiqib, bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va shart-sharoitlarni e’tirof etdilar hamda ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerakligini ta’kidladilar.
Musobaqa quyidagi universitetning Yoshlar ittifoqi faollari o’rtasida bo’lib o’tdi:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Yangi O’zbekiston universiteti;
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
Toshkent shahridagi INHA universiteti;
Do’stona raqobat, qizg’in bahs-munozalarga boy o’tgan musobaqa universitetlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.