19-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mutaxassislik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Unda 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” hamda 13.00.02 – “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari bo‘yicha tadqiqotchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Malakaviy imtihonlar jarayonida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Rektor tadqiqotchilar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.

Imtihonlar belgilangan tartib va nizomlar asosida tashkil etildi.