O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Oliy Majlis Senatining 2026-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlarida yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moli, ularning tarqalish sabablari hamda profilaktika ishlarining samaradorligini o‘rganish belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida ishchi guruh rahbari TKTI birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari — Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Aripova Shaxlo Abrorovna hamda TKTI departament boshlig‘i G‘oziyev Ravshan Turg‘unovich tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi, xususan, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jarayon davomida universitetda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’molining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, talabalar bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari hamda mazkur yo‘nalishda mas’ul tuzilmalar faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, talaba-yoshlar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, profilaktika tadbirlarini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni giyohvandlik bilan bog‘liq xavflardan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube