O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan mini futbol va voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar davomida jamoalar sport mahorati, jamoaviy birlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini munosib namoyon etdilar.

Mini futbol musobaqasi g‘oliblari:
1-o‘rin — Ingliz tili 2-fakulteti
2-o‘rin — Buxgalteriya bo‘limi
3-o‘rin — Ingliz filologiyasi fakulteti
Ayollar o‘rtasidagi voleybol musobaqasi g‘oliblari:
1-o‘rin —Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi
2-o‘rin — Ingliz filologiyasi fakulteti
3-o‘rin — Ingliz tili 1-fakulteti
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusida yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!
