O‘ZDJTU 6-TTJIDA XORIJIY TALABALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 6-talabalar turar joyida xorijiy talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda talabalarning yangi muhitga moslashuvi, ijtimoiy hayotga ko‘nikishi, yashash sharoitlari va ularni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djuraev, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Metyakubov, ozarbayjonlik o‘qituvchi Sh. Gusaynov hamda talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Z. Ibodullayeva ishtirok etdi.
Suhbat davomida xorijiy talabalarga ularning huquq va majburiyatlari, talabalar turar joyining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, xavfsizlikni ta’minlash hamda muammoli vaziyatlarda tegishli mutaxassislarga murojaat qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavjud masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.