REKTOR YANGI O‘QUV XONALARINING TA’MIRLASH JARAYONI BILAN TANISHDI

REKTOR YANGI O‘QUV XONALARINING TA’MIRLASH JARAYONI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ul rahbarlar bilan birgalikda Zakovat ko‘chasi, 4-uyda joylashgan Filologiya binosiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida binoning yer to’la qismida yangi tashkil etilayotgan o‘quv xonalarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Rektor mavjud sharoitlarni o‘rganib, ta’mirlash jarayonining borishi va xonalarni o‘quv mashg‘ulotlari uchun tayyorlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, yangi o‘quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash, talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’lim jarayoni uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube