O‘ZDJTU REKTORI YANGI TALABALAR TURAR JOYIDAGI QURILISH ISHLARI BORISHINI KO‘ZDA KECHIRDI

O‘ZDJTU REKTORI YANGI TALABALAR TURAR JOYIDAGI QURILISH ISHLARI BORISHINI KO‘ZDA KECHIRDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida qurilayotgan yangi talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad binoda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’mirlash jarayonining borishi va navbatdagi vazifalar muhokama qilindi. Rektor qurilish ishlarida sifat va puxtalikni ta’minlash, belgilangan me’yorlarga rioya etish, shuningdek, foydalanilayotgan materiallar sifatini doimiy nazorat qilib borish muhimligini qayd etdi.

Bundan tashqari, yangi talabalar turar joyida talabalar uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish, xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash, umumiy foydalanish hududlarini obodonlashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini talab darajasida tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunida mas’ul xodimlarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube