TALABALAR TURAR JOYIGA NAVBATDAGI TASHRIF

TALABALAR TURAR JOYIGA NAVBATDAGI TASHRIF

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 2-talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash muhiti va ular uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida rektor yotoqxonadagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi, talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning kundalik mashg‘ulotlari, qiziqishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasidagi faoliyati haqida suhbatlashdi.

Muloqot jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishi, sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi, universitet tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishi zarurligi qayd etildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube