OʻzDJTU da 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

“Yangi Oʻzbekiston armiyasi –  mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” nomli mazkur bayram dasturini OʻzDJTU rektori oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, yurtimizning barcha jasur oʻgʻlonlarini bayram bilan samimiy tabrikladi. 

Dasturda Mudofaa Vazirligining Faxriylar kengashi raisi A.Navruzov ham ishtirok etib, nutq soʻzladi. 

Mashhur raqs jamoalari, ansambllar tomonidan ijro etilgan raqslar, iste’dodli san’atkorlarning kuy-qoʻshiqlar, qolaversa, OʻzDJTU talabalari tomonidan taqdim etilgan  sahna koʻrinishlari tadbirga oʻzgacha shukuh baxsh etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube