O‘zDJTU o‘qituvchilari IX Silesiya Fan Festivalida ishtirok etdi
Polsha Respublikasi, Katovitsa shahridagi Xalqaro Kongress markazida “Tajriba qiling!” shiori ostida IX Silesiya Fan Festivali bo‘lib o‘tdi. Festival dasturi seminarlar, ilmiy tadqiqotlar, ma’ruzalar, namoyishlar, munozaralar va boshqa ko‘plab interaktiv tadbirlarni o‘z ichiga oldi. Tadbirda Polshaning oliy ta’lim muassasalari talabalari va maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchilari Tolibova Gulnoz va Parpiyeva Shaxnoza O‘zbekiston vakillari sifatida festivalda ishtirok etdi. Festival davomida ko‘plab qatnashchilar va mehmonlar O‘zbekistonning boy madaniyati, an’analari hamda oshxonasiga katta qiziqish bildirdi.
Bu tadbir universitet o‘qituvchilarining xalqaro maydondagi tajriba almashinuvi va O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qilgan muhim voqea sifatida baholandi.