O‘zDJTU o‘qituvchisining maqolasi xalqaro nashr sahifalarida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ahmad Jasim Abbas Al-Zubaydining maqolasi xalqaro miqyosdagi nashrlarda e’lon qilindi.
Xususan, uning “Azzaman” gazetasida chop etilgan maqolasida ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va inson kapitalini rivojlantirish orqali yangi Uyg‘onish davrini barpo etish yo‘lidagi jarayonlar haqida so‘z yuritilgan.
Maqolaning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligining rasmiy kanalida e’lon qilingani ham qayd etildi.