22–29-dekabr kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-oʻqituvchilari Pekin chet tillari universitetida (BFSU) tashkil etilgan “University Personnel Digital Ability Training and Education” nomli qisqa muddatli trening kursini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Trening jarayonida Xitoy Xalq Respublikasida joriy etilayotgan ilgʻor raqamli texnologiyalar, ularning taʼlim jarayonidagi samarali qoʻllanilishi, shuningdek, mamlakatdagi nufuzli universitetlar va yetakchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Safar doirasida Pekin chet tillari universiteti professori Yuan Dayong bilan Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi mudiri P. Omanov o‘rtasida “Internship programme” yuzasidan, shuningdek, BFSU Biznes maktabi direktori Amanda Cora bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Mazkur trening va uchrashuvlar O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube