O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI, TYUTORLARI VA TALABALARI UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI, TYUTORLARI VA TALABALARI UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

23-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilar Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar hamda muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muzey mutaxassislari tomonidan Sohibqiron Amir Temur davrida shakllangan davlatchilik an’analari, temuriylar saltanatining ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi hamda muzey fondida saqlanayotgan tarixiy ashyolar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar muzeyning boy ekspozitsiyalari bilan tanishib, yurtimiz tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube